08:29 / 08.06.2017
8 482

Tramp Qatar amiri bilan suhbatda inqirozni bartaraf etishga yordam berish taklifi bilan chiqdi

Tramp Qatar amiri bilan suhbatda inqirozni bartaraf etishga yordam berish taklifi bilan chiqdi
AQSh Prezidenti Donald Tramp Qatar amiri Tamim bin Xamad al-Tani bilan telefon orqali muloqotda bo‘lar ekan, Fors ko‘rfazi mamlakatlarida yuzaga kelgan inqirozni bartaraf etishda yordam berishga tayyorligini bildirdi. U arab rahbarlarini Oq uyda uchrashtirish taklifi bilan chiqdi.

U Qatarga murojaat qilib, “islomchilar”ni moliya bilan ta’minlashga barxam berish ustida ishlashga chaqirdi.

Kuni kecha Tramp tvitterda Qatarning yakkalab qo‘yilishi “terrorizm dahshatlari yakunining boshlanishi” ekanligini ta’kidladi. Shunga qaramay, AQSh mudofaa vazirligi Pentagonning Qatarga nisbatan siyosati o‘zgarmay qolishi haqida bayonot berdi. Bu idora Trampning so‘zlariga izoh bermadi.

5 iyun kuni Misr, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Liviya Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Arab rahbarlarining bayonotlariga qaraganda, Doxa Eron va radikal islomchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda ekan. Qatar rasmiylari diplomatik aloqalarning uzish to‘g‘risidagi qaror asosga ega emasligini, terrorizmni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi iddaolar esa isbotlanmaganligini aytmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Qatar amiri bilan suhbatda inqirozni bartaraf etishga yordam berish taklifi bilan chiqdi