Kiyev polisiyasi AQSh elchixonasi hududidagi portlash haqida xabar berdi

Kiyev polisiyasi AQSh elchixonasi hududidagi portlash haqida xabar berdi
Ukraina hukumati Kievdagi AQSh elchixonasi hududida qurilma portlagani haqida xabar bermoqda. Bu portlash oqibatida odamlar qurbon bo‘lmagan.

Kiev polisiyasi bugun xabar qilishicha, portlash Shevchensk rayonida joylashgan elchixona binosida yarim tunga yaqin yuzaga kelgan.

«Tergovchilar noma’lum shaxs diplomatik vakolatxona hududiga turi aniqlanmagan portlash qurilmasini tashlab ketgan», - deyiladi polisiya bayonotida. Unda, shuningdek, ushbu fakt bo‘yicha tergov boshlanganligi haqida aytilmoqda.

Elchixonada hozircha bu hodisaga izoh berilmadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar