Londonda 4 iyunga o‘tar kechasi teraktlar amalga oshirgan terrorchilar hujum vaqtida ko‘proq zarar etkazish maqsadida og‘irroq yuk mashinasidan foydalanmoqchi bo‘lishgan, biroq ularga bunday mashinani olish uchun pul etmagan. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, terrorchilar dastlab internetda og‘irligi 7,5 tonnadan kattaroq yuk mashinasini ijaraga olishgan. Biroq ularning hisob raqamlarida ijaraga haq to‘lash uchun etarlicha mablag‘ bo‘lmagani sabab, ular kichikroq mashinani olishga qaror qilishgan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, qonxo‘r terrorchilar ijaraga olgan mikroavtobuslarini shag‘al ortilgan qoplar bilan og‘irroq qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, terrorchilar London ko‘prigida odamlarni bosib ketgach, Boro bozoriga borishgan. U erda mikroavtobusdan 3 terrorchi tushib, ko‘chadagi odamlarga uzun tig‘li pichoqlar bilan hujum qila boshlagan. Bugungi kunda terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 8 kishini tashkil qilmoqda. Ba’zi jarohatlanganlar og‘ir ahvolda qolmoqdalar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi