18:24 / 10.06.2017
6 996

Hashamatni yoqtirmaydigan, ammo xayriya uchun pul ayamaydigan mashhurlar

Ko‘pincha biz mashhurlar restoranlarda ovqatlanishadi, dabdabali avtomobillarda yurishadi, qimmatbaho liboslarni kiyishadi, deb o‘ylaymiz. Darakchi.uz nashri quyida misli ko‘rilmagan gonorar olishsa-da, kamtaringina yashaydigan mashhurlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Jennifer Lourens
Hashamatni yoqtirmaydigan, ammo xayriya uchun pul ayamaydigan mashhurlar
“Ochlik o‘yinlari” qahramoni Jennifer peshona teri bilan topayotgan “aqcha”larini zoe qilmaydi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zining shaxsiy Volkswagen Eos rusumli mashinasida yuradi, do‘kondagi arzongarov mahsulotlardan xarid qiladi. Aktrisaning ona shahri Luisvilldagi bolalar kasalxonasining kardiologik bo‘limiga Jennifer Lawrence Foundation Cardiac Intensive Care Unit (Kosair Hospital) nomi berilgan. Jennifer bu shifoxonaga 2 mln. dollarni xayriya qilgan.

Sara Jessika Parker

Aktrisa pullarini tejamkorlik bilan ishlatadi va farzandlarini ham shunga o‘rgatgan. Sara bolalariga o‘zi kiyim tikib beradi.

Vinsent Kartayzer

“Aqldan ozganlar” serialining yulduzi jamoat transportida yurishni maqbul ko‘radi va odmigina uyga yashaydi. Serialning asta-sekin mashhur bo‘lishi bilan chor-atrofini o‘rab borayotgan buyumlar Vinsentning jahlini chiqardi. Shunda u ancha-muncha buyumlarini odamlarga tarqatib yubordi.

Kristian Beyl

“Mio, bolajonim Mio”dagi Yum-Yumni taniyotgan bo‘lsangiz kerak. Vaqt o‘tib rejissyor Kristofer Nolanning “Betmen”ida super qahramonni yaratgan Kristian Beyl hatto mashhurlikka erishgach ham uzoq vaqtgacha bir xonali kvartirasida oilasi bilan istiqomat qilavergan, uning na telefoni, na tansoqchisi bo‘lgan. “Mol-dunyo men uchun sariq chaqalik ahamiyatga ega emas. Mabodo bitta-yarimta o‘g‘ri uyimni tunashga tushsa, o‘tirvolib yig‘lay boshlashi turgan gap”, ¬– degandi aktyor intervyularidan birida. Yaqinda katta ekranlarga chiqariladigan yangi “Va’da” filmidan tushadigan pullarni aktyor xayr-ehsonga tortiq etishni rejalashtirgan.

Leonardo Di Kaprio

Katta gonorar to‘lanadigan aktyorga aylanganda ham Leo oddiy Toyota Prius rusumli mashinasida yuravergan. Di Kaprio nufuzli samolyotlarda emas, balki sal “mundayroq” samolyotlarda uchishni ma’qul ko‘radi. 1998 yili aktyor Leonardo Di Caprio Foundation xayriya fondini tashkil qilib, o‘ttizdan ortiq xayriya tashkilotlariga, jumladan, Amazon Watch, National Geographic: Pristine Seas, Save the Elephants and the World Wild life Fund kabilarga 15 mln. dollar o‘tkazib bergan.

Jennifer Garner

Jennifer Hollivud yulduzi bo‘lishi bilan birga uy bekasi uy bekasi ekanini ham unutmaydi. Garner ko‘pincha ul-bul olib kelgani bozorga o‘zi chiqadi. Aktrisa Save the Children (bolalar huquqi va ta’limi bo‘yicha shug‘ullanuvchi fond) fondi bilan o‘n yildan beri hamkorlik qilib keladi.

Rassel Krou

Oskar mukofoti sovrindori to‘kin-sochin hayotni o‘ziga ep ko‘rmaydi. U Avstraliyaga ko‘chib o‘tib, oddiy rancho bilan eski jip sotib oldi. Krouning aytishicha, u anchadan beri izlayotgani – xotirjamlik va tabiatni topdi. Rassel tez-tez turli tashkilotlarga, xususan, 2004 yili teraktdan jabr ko‘rgan Monrealdagi maktabga yirik summalarini ajratib turadi.

Riz Uizerspun

Aktrisa pullarini ehtiyotkorlik bilan ishlatadi va ozmi-ko‘pmi pul yig‘ib qo‘yishni odat qilgan. Bolalarini ham o‘ta erkalatib yubormaydi, ularni moliyaviy tartib ga o‘rgatgan. Riz AQSh va Kanadadagi qashshoq bolalar uchun buyumlar yig‘ish kampaniyasida ishtirok etib turadi.

Jessika Alba

Jessika – juda tejamkor ona va ekologik toza The Honest Company tagliklari kompaniyasining asoschisidir. Aktrisa katta qizining tor kelib qolgan kiyimlarini tashlab yubormasdan, ularni kichkina qizalog‘iga kiydiradi. Amerikaning Forbes jurnali Jessika Albani AQshning eng boy ayollari ro‘yxatiga kiritgan bo‘lsa-da, aktrisa jamoat transportida yurishdan uyalmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hashamatni yoqtirmaydigan, ammo xayriya uchun pul ayamaydigan mashhurlar