AQShda ikki xil rangga ega qisqichbaqa ushlandi

AQShning Men shtatida ikki rangdagi dengiz qisqichbaqasi ushlab olindi. To‘q sariq va jigarrang tusga ega jonivor Skarborodagi Pine Point Fishermen kooperativining konteynerida topildi, deb yozmoqda Kun.uz.
Olim Adam Baukus hamda Men ko‘rfazi tadqiqotchilari qisqichbaqaning rangi bir nechta genetik mutasiya natijasi ekanligini ta’kidlamoqda.
Odatda bunday qisqichbaqalar germafrodit bo‘ladi, lekin bunisi urg‘ochi bo‘lib chiqdi. Bu haqda Pine Point Fishermen xodimi Mayk Shasse ma’lumot berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing