6 224
Moskva viloyatida 4 kishini otib tashlagan shaxsning uyidan Birinchi jahon urushi qurollari topildi
Rossiya tergov qo‘mitasi Moskva viloyatining Kratovosida to‘rt kishini o‘ldirgan Igor Zenkovning uyi omborxonasidan topilgan eski qurol-yarog‘lar haqida ma’lumot berdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Omborxonadan Mosin soyli miltig‘i, Valter to‘pponchasi, Pibodi-Martini miltig‘i va Arisaka soyli miltig‘ini topishgan. Shuningdek, tergovchilar Shpagin pulemyot-to‘pponchasi, qirqma qo‘shog‘iz miltiq, ikkita soyli miltiq stvoli, RGD-33, M39 va M24 granatalari, minomyot minalari, tutunli mina, pilta, o‘qdonlar va 150 millimetrli artilleriya snaryadlaridan bo‘lgan ikki gilzani aniqlashdi.
Bundan tashqari, Zenkovning uyidan ikkita vidolashuv maktubi ham topilgan, ularda nima yozilgani noma’lum. Shu bilan birga, mahalliy aholining bildirishicha, Zenkov bilan ziddiyatlar kelib chiqmagan, uning ustidan polisiyaga ariza bilan borishmagan.
Avvalroq Zenkovning yonidan Ij-18 miltig‘i va Mauzer to‘pponchasi topilgani xabar qilingandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, FVVda chilangar bo‘lib ishlagan Zenkov qurollarning bir qismini Chechenistonga bo‘lgan ish safaridan olib kelgan, qolganlarni esa qazilma ishlarida topgan yoki o‘zi yasagan.
10 iyun kuni Zenkov o‘z uyi yonida o‘tkinchilarga qarata o‘q uza boshladi, u to‘rt kishini o‘ldirdi. Voqea joyiga polisiya va Rosgvardiya xodimlari etib kelishgach, Zenkov ularni ham o‘qqa tuta boshladi hamda granatalarni uloqtirdi. Rosgvardiyaning to‘rt nafar xodimi jarohat oldi. Zenkov bir necha soatdan so‘ng o‘ldirildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi