Tailand polisiyasi harbiylar bilan birga Kamboja chegarasi yaqinida ijaraga olingan uyda WeChat ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntlarni aylantiruvchi fermani aniqladi. Bu haqda «Motherboard»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.
Ferma egalari Van Dong, Niu Bang va Ni Venszin ruxsatsiz faoliyat yuritish va SIM-kartalar kontrabandasida ayblanib, qo‘lga olindi. Ular tomonidan ijaraga olingan uyda huquq-tartibot organlari xodimlari 474 ta iPhone 5S, 5C va 4S, Tailand operatorlarining 347 200 ta foydalanilmagan SIM-kartasi, shuningdek 9 ta kompyuter va boshqa qurilmalarni aniqlashdi va tortib olishdi. Bu texnikalarning barchasini oddiy xona ventilyatori sovutib turgan bo‘lgan.
Dastlab polisiya xodimlari qurilmalardan soxta ma’lumotlar markazini yaratishda foydalanilganini taxmin qilishdi. Biroq ma’lum bo‘lishicha, ular Xitoyning eng yirik WeChat ijtimoiy tarmog‘ida botlar tarmog‘ini boshqarishgan.
Polisiyachilarning ma’lumotlariga ko‘ra, qandaydir xitoy kompaniyasi qonunbuzarlarni telefonlar bilan ta’minlagan va har oyda ularga 150 ming bat (250 ming rubl) to‘lagan. Jamoa WeChat orqali sotiluvchi onlayn-tovarlar reytingini ko‘tarish uchun mas’ul bo‘lgan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi