15:19 / 14.06.2017
7 256

O‘lim keltiradigan viruslarning asosiy manbasi aniqlandi

O‘lim keltiradigan viruslarning asosiy manbasi aniqlandi
Nyu-Yorkda Kolumbiya universiteti olimlari o‘lim keltiradigan koronavirusli infeksiyalarning asosiy manbasi ko‘rshapalaklar ekanligini aniqladi. Bu haqda «Nature jurnali»ga tayanib «Daryo» xabar beradi.

Koronaviruslar og‘ir o‘tkir respirator sindrom (SARS) chaqiruvchi viruslar oilasidir. 2002 yilda Xitoyda avj olib, 27 ta mamlakatga tarqalgan SARS 774 kishini hayotdan olib ketgan edi. 2012 yilda Saudiya Arabistonida koronavirus infeksiyasi epidemiyasi davomida 640 kishi halok bo‘lgan.

Tadqiqotchilar Afrika, Osiyo, Janubiy va Markaziy Amerikaning 20 ta mamlakatida 12 mingdan ortiq ko‘rshapalak, 3,4 ming kemiruvchi va 3,5 mingta maymunni o‘rganib chiqdi. Bu hududlarda virusning yovvoyi hayvonlardan odamlarga o‘tish xavfi juda yuqori.

Olimlar tomonidan tutib olingan ko‘rshapalaklarning o‘n foizga yaqini koronavirus tashuvchisi ekanligi aniqlandi. Boshqa hayvonlarda bu ko‘rsatkich 0,2 foizni tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘lim keltiradigan viruslarning asosiy manbasi aniqlandi