15 iyun kuni Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 4 vazirning iste’fosini qabul qildi. Bundan ko‘zlangan maqsad ularga ta’sis majlislari uchun o‘tkaziladigan saylovlarda ishtirok etishlariga imkon berishdir. Bu haqda «RIA Novosti»ga tanib «Kun.uz» xabar berdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, penitensiar tizimi ishlari bo‘yicha vazir, kommunalar ishlari bo‘yicha vazir, madaniyat vaziri, hindu xalqlari ishlari bo‘yicha vazir lavozimini tark etgan. Ushbu vazirliklarga yangi rahbarlar ham tayinlangan. Qayd etilishicha, ularning barchasi ayollardir.
Venesuela milliy saylov kengashi rahbari Tibisay Lusenaning ma’lum qilishicha, 30 iyul kuni milliy ta’sis kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Kengash konstitusiyani isloh qilish bilan shug‘ullanadi. Hujjat loyihasi umummilliy referendumga kiritiladi. Prezident Maduroning bu tashabbusi ommaviy noroziliklar va muxolifatning jiddiy tanqidlarini keltirib chiqardi. Ular buni davlat to‘ntarishiga urinish deb baholashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi