So‘nggi kunlarda turli falokatlar markazida bo‘lib turgan London shahrida yana bir ko‘ngilsiz voqea yuz berdi. Shaharning Finsberi-park tumanida joylashgan masjid yaqinida furgon odamlar ustidan bosib ketdi. Voqea tunda, ya’ni Ramazon oyida musulmon kishilarning saharlikda o‘qiladigan namozidan so‘ng, masjiddan chiqib kelayotgan vaqtida sodir bo‘lgan. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar berdi.
Guvohlarning aytishicha, furgon odamlarni bosib ketgach, to‘xtagan. Keyin mashinadan pichoq ko‘targan haydovchi chiqqan. Ayrim manbalarda keltirilishicha, haydovchi pichoq bilan 1 kishiga hujum qilgan.
Buyuk Britaniya musulmonlar Kengashidan xabar qilishlaricha, furgon ataylab odamlar ustiga haydagan, bu baxtsiz hodisa bo‘lmagan. Shunday bo‘lsa-da, polisiya vakillari hozircha bo‘lib o‘tgan voqeani terakt deb baholashmayapti.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, voqea oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan, 8 kishi yaralangan.
Londonning mahalliy aholisi hujumni sodir etgan kishini ushlab, polisiyaga topshirishgan. 48 yoshli erkak ruhiy xastaliklar shifoxonasida tekshiruvdan o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?