Eronda ayolni o‘g‘irlab, zo‘rlagan 5 erkak qatl etildi

Eronda ayolni o‘g‘irlab, zo‘rlagan 5 erkak qatl etildi

Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatidagi Marend shahrida ayolni o‘g‘irlab, zo‘rlaganlikda ayblangan besh nafar erkakning o‘lim jazosi ijro etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2022 yil 21 may kuni sodir bo‘lgan. Ayol huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, besh nafar noma’lum shaxs uni majburan olib ketib, Marend atrofidagi tog‘li hududga olib borganini ma’lum qilgan.

Huquq-tartibot organlari gumondorlarni voqeadan to‘rt kun o‘tib aniqlab, qo‘lga olgan. Tergov jarayonida ular jinoyatni sodir etganini tan olgani aytilgan.

Sud jarayoni yakunlariga ko‘ra, besh nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilingan. Eron Oliy sudi ham mazkur hukmni tasdiqlaganidan so‘ng, jazo 2023 yil 9 avgust kuni ijro etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahkumlarning shaxsi rasman oshkor qilinmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar