AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan 20 iyunda Oq uyda uchrashdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Ukrainalik diplomatlarning aytishicha, uchrashuv 20 daqiqadan ko‘proq davom etgan. Uchrashuvda, shuningdek, Ukrainaning AQShdagi elchisi Valeriy Chaliy, Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin, AQShning Ukrainadagi elchisi Mila Yovanovich, AQSh vise-prezidenti Maykl Pens ishtirok etgan.
Xorijiy OAVning ma’lum qilishicha, uchrashuv to‘liq formatli bo‘lmaganiga, Poroshenko qizil gilamsiz kutib olinganiga qaramasdan, unga "Rossiyaga qarshi sanksiyalar kengaytirilishi tarzidagi sovg‘a" hozirlandi.
Tramp Poroshenko bilan uchrashish u uchun sharafligini va Ukraina bilan munosabatlarda "sezilarli taraqqiyotga erishilganini" qayd qilib o‘tgan.
Poroshenko keyinroq Tramp bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarni "to‘laqonli va batafsil" deb atadi. "Donald Tramp bilan to‘laqonli, juda batafsil uchrashuv bo‘lib o‘tdi", deb aytgan Poroshenko. U "AQSh tomondan qat’iy qo‘llab-quvvatlov olganini" ta’kidlab o‘tgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»