06:04 / 22.06.2017
6 280

Hindistonlik Rashida yig‘laganda ko‘zlaridan yosh o‘rniga qon oqadi…

Hindistonlik Rashida yig‘laganda ko‘zlaridan yosh o‘rniga qon oqadi…
Bu holat 2009 yildan beri davom etib kelmoqda. Ammo mahalliy tibbiyot vakillari bu mo‘’jiza sirini hanuz aniqlay olmay halak. Mahalladoshlar esa aksincha, Rashidaga xudoning nazari tushganini aytib har kuni unga sig‘inish, hadyalar berishga odatlanishgan.
— Men yig‘laganimda ko‘zlarimdan qon oqadi, — deydi Rashida. — Ammo ko‘zlarimda hech qanday og‘riqni his etmayman…

Hindistonning olis qishloqlaridan birida yashovchi 13 yashar Tvinkl Divedi yig‘laganda esa nafaqat ko‘zlari, balki bo‘yni, burni, to‘piqlaridan ham qon oqadi. Vrachlar doimiy tarzda qizaloqqa qon quyish bilan ovora. Shunday qilishmasa, Tvinkl o‘lib qolishi mumkin ekan. Hamqishloqlar bo‘lsa, qizaloqni qarg‘agani qarg‘agan. Ko‘chada ko‘rib qolishsa, olomon uni toshbo‘ron qilib, qarg‘ab hayday boshlaydi.

— Qizim yaqin-yaqinlarda ham hamma qatori odam edi, — deydi Tvinklning onasi 42 yoshli Nandani Divedi. — Rasm chizishga qiziqardi, maktabida dars qoldirmasdi. Manavinaqangi ish boshimizga tushdi-yu, uyimizdan balo arimay qoldi. Xudoyim, qizim bir kunda 5 dan 20 martagacha besabab yig‘laydi, shuncha marta hammayog‘idan qon oqadi…

Qarang, Tvinkldan yoshi ulug‘roq livanlik qiz Hasna Muhammad Musulmoniyning ko‘zidan yosh o‘rniga kristallar to‘kilib tushadi. Bu 12 yoshida boshlanibdi. Kristallchalar hajmi taxminan guruch hajmiga to‘g‘ri keladi. U ham tanasida hech qanday og‘riq tuymaydi. Yig‘lagan mahali krisstalchalar dastlab ko‘z yoshi kabi suyuq, yaltiroq ko‘rinishda bo‘ladi. Pastga tushish arafasida qotib, oq rangga kiradi, o‘tkir holatda to‘kilib tushadi. Qizning aytmishiga qaraganda, bir kunda shunday krisstallchalardan 20 tagacha yig‘ilib qoladi. Ular shu qadar o‘tkirki, bemalol kristallchalar yordamida shisha kessa bo‘ladi.

G‘arb mamlakatlari mutaxassislarining fikricha, livanlik qizning hayotida yuz bergan mo‘’jiza sistinoz deb ataladi. Aminokislotalar metabolizmining buzilishi, aniqrog‘i, moddalar almashinuvida kelib chiquvchi tug‘ma xatoliklar tufayli qonda, buyraklarda sistin miqdori yuz barobargacha ko‘payadi, sistin va krisstalchalar bora-bora tanada ham yig‘ila boshlaydi. Aksar hollarda ko‘z qorachig‘i atrofida yig‘iladi. Ba’zan sistin va krisstallchalarni ko‘z asab tomirida ham kuzatish mumkin.

Yana Hindistonga qaytamiz. Jarkxand shtatiga qarashli qishloqlardan birida 19 yoshli Savitri degan qiz yashaydi. U yig‘laganda, ko‘zlaridan yosh o‘rniga toshchalar dumalab tushadi. Ular hajmi ham guruch hajmiga deyarli teng. Qishloqdagilar hayron. Ular Savitraning vujudiga yo yovuz ruhlar joylashgan, yo xudoning erga yuborgan navbatdagi vakili deya hisoblashadi. Afsuski, turli taxminlar qilayotganlar, bahs olib borayotganlar, qizni muhokama qilayotganlar Savitriga dard tortishib qo‘ya olmaydi. Qizning aytishiga ko‘ra, har yig‘lashidan oldin boshida chidab bo‘lmas darajada og‘riq paydo bo‘ladi. Keyin toshchalar dumalaydi. Faqat ko‘zidan dumalasa mayliydi, balki bu toshchalar bir vaqtning o‘zida quloqlari, burni, og‘zidan ham pastga tushadi.

Ayni paytda Savitrini vrachlar doimiy kuzatuv ostiga olishgan. Uning og‘zidan toshchalarni mutaxassislar so‘laklardagi temir moddalari deb taxmin qilishdi. Ko‘z, quloqlardan dumalayotgan toshchalarga esa aniq bir xulosa ayta olishmayapti.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik Rashida yig‘laganda ko‘zlaridan yosh o‘rniga qon oqadi…