«Qirg‘iziston prezidenti bilan muzokaralar do‘stona va konstruktiv muhitda o‘tdi», deya ta’kidlagan muzokaralar yakuni bo‘yicha o‘z fikrini bildirar ekan, Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
«Chorak asr mobaynida davlatlarimiz o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda hamkorlik o‘zaro hurmat, tomonlarning manfaatlari hisobga olingan holda paydar-pay ravnaq topib bordi va haqqoniy strategik sheriklik darajasiga etishdi», — dedi Putin.
Putin Atambaevga Qirg‘iz respublikasida rus tiliga bo‘lgan e’tibor uchun tashakkur bildirdi.
«Qirg‘iziston prezidenti bu lavozimda o‘z ishini yakunlayotganidan xabardormiz. Almazbek Shershenovichga Rossiya-Qirg‘iziston munosabatlari uchun amalga oshirgan ishlari, xususan, Qirg‘izistonda rus tilining rivojlanishi va uni qo‘llab-quvvatlagani uchun tashakkur bildiraman. Biz bunga yuqori baho beramiz», — dedi Putin
Rossiya va Qirg‘iziston o‘zaro savdo aylanmasidagi pasayishni engishga muvaffaq bo‘lishdi, va 2017 yilning 1 kvartalida o‘sish 27 foizni tashkil etdi, dedi RF prezidenti Vladimir Putin. Rossiya Qirg‘iziston iqtisodiyotiga beminnat yordam ko‘rsatishda davom etmoqda, dedi u.
Rossiya va Qirg‘iziston KXShT va ShHT doirasida antiterror sohasida hamkorlikni yanada kuchaytirish haqida kelishib olishdi, dedi RF prezidenti Vladimir Putin.
«Qirg‘izistonlik hamkorlarimiz bilan terrorizm va ekstremistik mafkuraning tarqatilishiga qarshi kurashish yo‘lida jips hamkorlik qilish borasida shartlashib oldik. Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan, KXShT va ShHTning maxsus tuzilmalari doirasida hamkorlikni kuchaytirishni muhokama qildik», — dedi Putin.
Rossiya va Qirg‘iziston terrorchilik va uni moliyalashtirishga qarshi kurashishni kengaytiradi, deyiladi Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sherikchilik va ittifoqchilikni mustahkamlash haqidagi deklarasiya matnida. Ushbu deklarasiya bugun har ikki davlat prezidentlari tomonidan imzolandi.
«Tomonlar terrorchilik, uni moliyalashtirish, ekstremizmning boshqa tajovuzkorona ko‘rinishlari, turli shakldagi transmilliy uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishda hamkorlikni yanada kengaytirishadi», — deyiladi deklarasiya matnida.
Rossiya Federasiyasining Qirg‘izistonda joylashgan harbiy bazasi Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlaydi, dedi RF prezidenti Vladimir Putin Almazbek Atambaev bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunida.
«Harbiy-texnik va harbiy sohadagi hamkorlik Rossiya va Qirg‘izistonning strategik munosabatlarining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi... Bugun biz Qirg‘izistonda joylashgan Rossiya harbiy bazasi Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlovchi muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda va u davlatlarimizning hamda KXShT doirasidagi barcha ittifoqchilarimizning uzoq muddatli manfaatlariga xizmat qiladi», — dedi Putin.
Eslatib o‘tamiz, vakolati shu yil kuzda tugaydigan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev 19 iyundan 23 iyunga qadar Rossiyada davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?