Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Sinmo qishlog‘ida yuz bergan er ko‘chkisi oqibatida kamida 118 kishi bedarak yo‘qolgan. Rasmiylar taqdiri ayni vaqtda noma’lum qolayotgan kishilarning to‘liq ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Hozirgi vaqtda qutqaruvchilar rasman 24 kishining halok bo‘lganini tasdiqladi. Tabiiy ofat yuz bergan hududda tabiiy sharoitlarning murakkabligi qutqaruv ishlarini qiyinlashtirmoqda. Bundan tashqari, qishloqqa olib boradigan yo‘llarning bir qismi toshlar va qoyalar bo‘laklari bilan to‘silib qolgan.
Ayni vaqtda qidiruv-qutqaruv operasiyasi davom etmoqda. Unga 3,2 ming kishi va 150 ta texnika vositasi jalb qilingan. Favqulodda shtab vakillarining aytishicha, ko‘chkilar ostidan tirik odamlarni topish ehtimoli saqlanib qolmoqda.
Ko‘chki Sinmo qishlog‘ida 24 iyun mahalliy vaqt bilan soat 06:00 da yuz bergan. Uch soatdan keyin xuddi shu hududda ikkinchi ko‘chki bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»