Qozog‘istonda «Barselona» emblemasi tushirilgan mato bilan pol yuvilgani muhokamalarga sabab bo‘ldi (video)

Qozog‘istonda «Barselona» emblemasi tushirilgan mato bilan pol yuvilgani muhokamalarga sabab bo‘ldi (video)

Qozog‘iston poytaxti Ostonada «Barselona» futbol klubi emblemasi tushirilgan mato bilan pol artilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Holat futbol muxlislari o‘rtasida turli munozaralarga sabab bo‘ldi.

Voqea «Baris Arena» sport majmuasida, kurash bo‘yicha jahon chempionati doirasidagi musobaqalardan so‘ng yuz bergan. Videoda tozalovchi ayol kurash gilamini Ispaniyaning «Barselona» klubi ramzi tushirilgan mato bilan artayotgani ko‘rinadi.

Ayrim muxlislar buni klub va uning ramzlariga nisbatan hurmatsizlik sifatida baholagan. Boshqalar esa vaziyatga hazil bilan munosabat bildirgan. Hatto «Barselona»ning azaliy raqibi «Real Madrid» muxlislari ham muhokamaga qo‘shilib, klub ustidan hazillashgan.

Hozircha matoning ayol qo‘liga qanday kelib qolgani va u undagi klub emblemasini tanib-tanimagani noma’lum. Shuningdek, voqea yuzasidan tashkilotchilar tomonidan rasmiy izoh berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, kurash bo‘yicha jahon chempionati Ostona shahrida 24 oktyabrdan 1 noyabrgacha davom etmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar