14:14 / 29.06.2017
5 838

Kanadalik rekordchi-snayper Iroqda jangarilarning ommaviy hujumini to‘xtatib qoldi

Kanadalik rekordchi-snayper Iroqda jangarilarning ommaviy hujumini to‘xtatib qoldi
3 ming 450 metr masofadan nishonni urgan kanadalik rekoorchi-snayper jangarilarning Iroq harbiylariga hujumini to‘xtatishga va harbiylarning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda Kun.uz xabar tarqatdi.

Bundan avval Iroqda xizmatni o‘tayotgan kanadalik mergan IShID jangarilaridan birini McMillan TAC-50 vintovkasi orqali uzoq masofadagi binodan turib o‘ldirgach, jahon rekordini o‘rnatgandi.

Kanada maxsus topshiriqli bo‘linmasi boshlig‘i o‘rinbosari, brigada generali Piter Douning ma’lum qilishicha, ushbu mergan bu harakati orqali Iroq harbiylari ustiga yurishga tayorlanayotgan jangarilarni to‘zitib yuborgan va hujum amalga oshmay qolgan.

"Shu orqali bizning jamoa ommaviy hujumni to‘xtatdi. Bu juda muhim yutuq", degan u.

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bu rekord natija kanadalik harbiylarning ustun jihatini ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tgandi. U shu bilan birga kanadalik harbiylarning Iroqdagi missiyasi jangovar xarakterda emasligini qo‘shimcha qilgan. Douning so‘zlariga ko‘ra, jahon rekordini o‘rnatgan mergan missiya doirasida harakatlangan, bu missiya faqat ittifoqchi kuchlarni himoya qilish maqsadida o‘t ochishi mumkin.

Ma’lumot uchun, uzoq masofadan nishonni urish bo‘yicha avvalgi rekord 2009 yilda "Tolibon" jangarisini otgan britaniyalik mergan Kreyg Harrison tomonidan o‘rnatilgandi (2,475 km).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanadalik rekordchi-snayper Iroqda jangarilarning ommaviy hujumini to‘xtatib qoldi