Iroq Mudofaa vazirligi ma’lum qildiki, hukumat kuchlari Mo‘sul shahrini IShID jangarilaridan to‘la ozod etdi.
29 iyun tongida iroqlik harbiylar shaharning tarixiy qismidagi An-Nuriy masjidini egallagan, aynan shu erda 3 yil muqaddam IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy «xalifalik» tuzilgani haqida e’lon qilgandi.
«Armiyaning maxsus topshiriqli bo‘linmalari An-Nuriy masjidiga kirdi»,— deya xabar bergan Sky News Arabia telekanali efirida Mo‘sulni ozod etish operasiyasiga boshchilik qilayotgan general Abdul Amir Yaralla.
Iroqning ikkinchi yirik shahri, mamlakat shimolida joylashgan Mo‘sul IShID tomonidan 2014 yil iyunida bosib olingandi. Shaharni ozod etish uchun harbiy amaliyot o‘tgan yilning 17 oktyabrida boshlangandi. Shaharning g‘arbiy qismi 2017 yil yanvarida egallangach, harbiy yurishda tanaffus qilingandi. Amaliyot davomida Iroq armiyasiga shialarning harbiy bo‘linmalari, kurd otryadlari va xalqaro aksilterror koalisiya kuchlari yordam berishdi. Bir necha kun oldin Iroq armiyasi vakili Mo‘sul qamalida hal qiluvchi yakuniy bosqich boshlangani haqida ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?