Juftlik jarlik uzra osilib turgan dasturxon atrofida ovqatlandi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda jarlik uzra osilib turgan stol atrofida ovqatlanayotgan juftlik aks etgan video keng tarqaldi. G‘ayrioddiy uchrashuv aks etgan kadrlar internet foydalanuvchilarining hayratiga sabab bo‘ldi.
Videoda qora kostyumdagi erkak va oq ko‘ylakdagi ayol sim arqonlarga mahkamlangan stol atrofida o‘tirganini ko‘rish mumkin. Dasturxon turli yeguliklar va ichimliklar bilan bezatilgan. Juftlik esa balandlikda, atrofdagi tog‘ va yashillik manzarasi qarshisida ovqatlanib, suhbatlashmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, bu kabi g‘ayrioddiy uchrashuv aks etgan video 2024 yil mart oyida Instagram'da tarqalgan. Biroq kadrlar aynan qayerda tasvirga olingani haqida ishonchli ma’lumot yo‘q. Ayrim xorijiy nashrlar bu holatni maxsus tashkil etilgan romantik uchrashuv yoki fotosessiya sifatida ta’riflagan.
Voqea joyidagi kuzatuvchilar esa bo‘layotgan jarayonni o‘z mobil telefonlariga muhrlab olishayotgani tasvirga tushgan.
Video ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlarga sabab bo‘ldi. Kimdir bunday uchrashuvni romantik va unutilmas tajriba deb baholagan bo‘lsa, boshqalar balandlikdagi xavfsizlik masalasiga e’tibor qaratgan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…