date

Quyosh faolligi soʻnggi 10 000 yillikdagi eng yuqori nuqtaga chiqdi

Quyosh faolligi soʻnggi 10 000 yillikdagi eng yuqori nuqtaga chiqdi

Olimlar quyosh arxeologiyasi sohasida sezilarli yutuqlarga erishib, Quyoshning soʻnggi 10 ming yillikdagi faollik darajasini aniqlashga muvaffaq boʻlishdi. Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti laboratoriya mudiri Sergey Bogachevning soʻzlariga koʻra, hozirgi vaqtda yulduzimiz oʻzining maksimal faollik bosqichida turibdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Tadqiqotchilar oʻtmishdagi quyosh chaqnashlari Yerda qoldirgan izlarni oʻrganish orqali tarixiy manzarani tiklashdi. Oddiy arxeologiya kabi, bu usul yuzlab va minglab yillar avval Quyoshda qanday jarayonlar kechganini tushunish imkonini beradi. Olingan maʼlumotlar 10 ming yillik masshtabda hozirgi faollik darajasi oʻta yuqori ekanligini koʻrsatmoqda.

Shuningdek, quyosh faolligi baʼzan oʻn yillab "muzlab" qolishi ham maʼlum boʻldi. Masalan, XVIII asr boshidagi Maunder minimumi davrida quyosh faolligi keskin pasaygan va bu Yerda kuchli sovush bilan kuzatilgan. Olimlarning taʼkidlashicha, bunday hodisalar noyob emas va ular vaqti-vaqti bilan takrorlanib turadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq astronomlar Quyosh faolligining navbatdagi pasayish davri 2030-yilga borib kuzatilishini taxmin qilishgan edi. Hozirgi yuqori faollik bosqichi esa koinot ob-havosi va Yerning magnit maydoniga oʻz taʼsirini koʻrsatishda davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Quyosh faolligi soʻnggi 10 000 yillikdagi eng yuqori nuqtaga chiqdi