00:03 / 04.07.2017
6 349

Polisiyachi ayol sobiq erining o‘ynashini o‘ldirishi uchun killerga 200 ming rubl haq va’da qildi…

Polisiyachi ayol sobiq erining o‘ynashini o‘ldirishi uchun killerga 200 ming rubl haq va’da qildi…
Ayni kunlarda bu ish bilan Moskva shahar tergov qo‘mitasi vakillari shug‘ullanmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, polisiya mahkamasida xizmat qiladigan kinolog ayol erining boshqa ayol bilan don olishib yurganini payqab qolgan. U ham polisiyada xizmat qilarkan. «Er bermoq — jon bermoq», deb bekorga aytishmagan-da! Eri bilan birga yashamayotganiga qaramay, killer yollab, raqibasini o‘ldirish payiga tushdi. Killerga bu ishi uchun 200 ming rubl miqdorida haq to‘lashini aytdi.

Ha, u killer topishning boshqacharoq yo‘lini tanladi. Internetga e’lon joylashtirib, xizmat haqi 200 ming rubldan iborat bo‘lishini ham tirkab qo‘ydi. Ko‘ribsizki, harbiy o‘quv yurtlaridan birida o‘qiydigan talaba yigit bu ishning nimaligi bilan qiziqib, e’lon ostidagi elektron manzilga maktub yozdi. Va haq qotillik uchun berilishidan xabar topdi. Rozi bo‘ldi. Faqat ayoldan o‘ldirilishi zarur bo‘lgan odamning suratini so‘radi. Ammo ish negadir cho‘zilib ketdi. Oradan bir necha oy o‘tgach, talaba yigit negadir bu haqda polisiya xodimlariga xabar berishni ma’qul topdi.

Juda tez fursatda ekspertiza kerakli xulosalarni tergov qo‘mitasiga etkazdi. Ayol qo‘lga olindi. Tergovda aytdiki, eri tashlab ketgan va o‘zi bilan birga ishlaydigan polisiyachi ayolga ko‘ngil qo‘ygan. Undan bir o‘g‘li bor, ammo o‘g‘lini tan olishni istamayapti. Yordam ham bermaydi. Ayol bularning barchasini sudga yo‘llagan arizasiga ham kiritgandi. Sud uning foydasiga hukm e’lon qildi. Sobiq eridan aytilgan muddatgacha nafaqa undiriladigan bo‘ldi.

Ayolning o‘ziga kelsak, polisiyadan haydaldi. Sud jarayoni tugaguncha tilxat asosida ozodlikda qoladigan bo‘ldi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polisiyachi ayol sobiq erining o‘ynashini o‘ldirishi uchun killerga 200 ming rubl haq va’da qildi…