
Rossiyaning Kabardino-Balkariyasining Baksan tumani, Zayukovo qishlog‘ida yashovchi Nanu Shaova 127 yoshga to‘ldi. Momo Rossiyaning eng keksa insoni sifatida Rossiya rekordlar kitobiga kiritildi.
"Rossiya rekordlar kitobi bosh muharriri Stanislav Konenko Nanu Sukovna Shaovaga u eng uzoq umr ko‘rgan inson ekanligi haqidagi sertifikatni topshirdi va bu jahon rekordi ham hisoblanishini aytdi", deyilgan xabarda.
Momoni mahalliy idoralar vakillari tabriklashdi va unga mustahkam sog‘liq, g‘ayrat, o‘z oilasi davrasida yana ko‘plab yillar yashab, yana bir necha rekordlar qo‘yishni tilab qolishdi.
"Nanu Shaovagacha Rossiyaning eng keksa insoni unvoni Astraxan viloyatida yashovchi Tanzila Bisembeevaga tegishli edi, u bu yil 121 yoshga kiradi", deb qo‘shimcha qilindi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar