08:05 / 07.07.2017
6 416

Amerikalik ayol rekord uchun sonining yo‘g‘onligini 2,5 metrga etkazishga qaror qildi

Amerikalik ayol rekord uchun sonining yo‘g‘onligini 2,5 metrga etkazishga qaror qildi
Amerikalik ayol dunyo rekordini o‘rnatish uchun sonini 2,5 metrgacha semirtirishga qaror qildi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

AQShning Pensilvaniya shtatida yashovchi 43 yoshli Bobbi Jo Uestlining vazni 250 kilogramm bo‘lib, sonining yo‘g‘onligi 241 santimetrni tashkil etadi. Ayol ozishni emas, balki yana ham semirishni maqsad qilib, sonining yo‘g‘onligini 251 santimetrga etkazishga qaror qildi. Shifokorlarning bunday vazn sog‘likka ta’sir ko‘rsatishi haqidagi gaplariga e’tibor bermagan ayol kerakli hajmga ega bo‘lish uchun kuchli ovqatlarni tanovvul qilishdan to‘xtamayapti.

“Sonlarimning yo‘g‘onligi meni o‘ziga xos, takrorlanmas insonga aylantiradi. Shu holatimda ham erkaklarga yoqishimni bilib, hayratga tushdim. Aksariyat oshiqlarim menga turmushga chiqish taklifini berdi”, dedi Uestli. Ayol ilgarilari ham boshqalardan yirikligi bilan farq qilgan bo‘lsa-da, oxirgi paytlarda haddan ortiq semirgan.

Bobbi Jo Uestli vebkam-model sifatida faoliyat yuritib, soatiga 2000 dollar pul topadi. Hozircha sonining yo‘g‘onligi 251 santimetrni tashkil etuvchi Mikel Ruffinelli dunyo rekordchisi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik ayol rekord uchun sonining yo‘g‘onligini 2,5 metrga etkazishga qaror qildi