21:58 / 07.07.2017
4 738

Putin Tramp bilan uchrashuv haqida: Telefon muloqotlari etarli emasdi

Putin Tramp bilan uchrashuv haqida: Telefon muloqotlari etarli emasdi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi vaqtida ushbu hamkasbi bilan shaxsan tanishish imkoniga ega bo‘lganidan xursandligini bildirdi. U shu vaqtgacha o‘tkazilgan telefon muloqotlari etarli bo‘lmaganini qayd etdi.

«Janob prezident, siz bilan shu vaqtgacha bir necha marta telefon orqali muloqot qilgandik. Albatta, telefon muloqotlari etarli emasdi. Agar biz ikki tomon kun tartibidagi dolzarb masalalarni hal qilishni, xalqaro doiradagi yanada muhim masalalarga echim topishni istar ekanmiz, uchrashishimiz zarur edi», — deya rossiyaliklar etakchisining so‘zlarini keltirgan C-SPAN.

Putin Tramp bilan «shaxsan tanishganidan» juda xursand ekani, bugungi uchrashuv esa albatta natijalar keltirishi haqida qo‘shimcha qilgan.

Putin va Trampning uchrashuvi G20 sammiti doirasida o‘tkazildi. Bu ikki siyosatchining ilk uchrashuvidir. Bungacha siyosatchilar bir necha marta telefon orqali bog‘lanishgandi.

Ularning ilk uchrashuvida AQSh Davlat departamenti rahbari Reks Tillerson va Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ham ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Tramp bilan uchrashuv haqida: Telefon muloqotlari etarli emasdi
ePN