AQSh Rossiya va Iordaniya bilan Suriyadagi xavfsizlik kuchlariga doir bitimni yaqin haftada imzolashi mumkin. Kelishuv Suriyaning janglardan xoli hududlarida faoliyat yurituvchi xavfsizlik kuchlariga oid bo‘ladi, deya bayonot berdi AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Hamburgdagi chiqishida.
«AQSh, Rossiya va Iordaniya o‘rtasida tuzilajak shartnoma bo‘yicha bizda ochiq ko‘rish bor. Biz xavfsizlikni qo‘riqlash uchun kuchlarni taqdim etamiz. Birgalikda hal etish lozim bo‘lgan bir-ikki holatlar bor, xolos. Bunga ko‘pi bilan bir hafta vaqt talab etiladi», - degan davlat kotibi.
Bundan avvalroq, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh va Rossiya 9 iyuldan boshlab Suriyaning janubiy-sharqiy qismida o‘t ochishni to‘xtatish haqida bir to‘xtamga kelganini tasdiqlagan edi.
AQSh va Rossiya prezidentlarining Hamburgda bo‘lib o‘tayotgan G20 sammiti maydonidagi uchrashuv ikki yarim soat davom etgani haqida xabar berilgan edi.
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson ushbu muloqot xususida fikr bildirar ekan, «uchrashuv o‘ta sermahsul bo‘lgan»inini aytdi. «Har ikki etakchi juda tez til topishishdi. Ularning o‘rtasida iliq munosabat ko‘zga tashlandi», — deya ta’kidlagan Tillerson.
Tillersonga ko‘ra, Donald Tramp va Vladimir Putin ikki tomonlama munosabatlarning murakkab o‘tmishi emas, ko‘proq kelajagi haqida fikr yuritishgan. Davlat kotibi oydinlik kiritganidek, Amerika etakchisining bosh maqsadi «engib bo‘lmas ixtiloflar»dan imkon qadar qochishdir.
Tillersonning aytishicha, «o‘tmishda bo‘lib o‘tgan ko‘p narsalar bor»ki, bundan har ikki davlatning ko‘ngli to‘lmay kelmoqda. «Bu juda muhim munosabatlardir. Ular jahondagi ikki yirik yadroviy qudratga ega bo‘lgan davlatlar», — degan Tillerson.
Tillerson Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuvi kabi masalada har ikki davlat umumiy maxrajga kelishi juda qiyinligi, biroq kelajak tomon harakat qilish lozimligini ta’kidlagan.
«Biz ayni paytda kongressda muhokamada bo‘lib turgan sanksiyalar haqida (Putinga) bildirdik. Biz bu (saylovlarga aralashuv) o‘ta muhim masala ekanligini qayta-qayta ta’kidladik», — degan Tillerson OAV vakillariga.
«Har ikki prezident endi qanday harakat qilish kerakligiga diqqat qaratishdi. Men uchun har ikki millat o‘rtasida qachondir umumiy til topish mumkinligi yoki yo‘qligi mavhum masala. Gap, aynan hozir nimalar qilishimiz kerakligida bormoqda», — deya qo‘shimcha qilgan Tillerson.
Ma’lumki, AQSh kongressi Donald Tramp yutib chiqqan saylovlarga Rossiyaning aralashuvi borasida surishtiruv ishlari olib bormoqda. FQB ham bu borada mustaqil surishtiruv o‘tkazayapti.
Tillerson Donald Tramp va Vladimir Putin sanksiyalar bilan bog‘liq muammolarni ham muhokama qilishganini aytib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...