Istanbul sudi Istanbul hokimi idorasini egallab olish ishi bo‘yicha mahkama jarayonida 23 nafar harbiy xizmatchini oqladi. Ular o‘tgan yilning iyul oyidagi davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng hibsga olingan edi. Biroq, harbiylar komandiri, unter-ofiser Yusuf Yildiz umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi, deb xabar qilmoqda Kun nashri.
Ta’kidlanishicha, bu davlat to‘ntarishiga urinish bo‘yicha Istanbulda chiqarilgan birinchi sud xulosasidir.
Sud askarlarni, ularning jinoyat sodir etish borasida qasdi bo‘lmagani sababli oqladi.
Umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan Yildiz "konstitusiyaviy tuzumni ag‘darish" va "FETO terrorchilik tashkilotiga a’zolik"da aybdor deb topildi. Unter-ofiserning o‘zi aybini tan olmadi. U davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatlamaganini aytgan bo‘lsa, advokatlari, Yildizning o‘z boshliqlari buyrug‘i asosida harakat qilgani hamda isyon vaqtida quroldan foydalanmaganini ta’kidlashdi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada bir guruh isyonchi harbiylar davlat to‘ntarishiga urinishni amalga oshirgan edi. Asosiy qarama-qarshilik Anqara va Istanbulda bo‘lib o‘tdi. Unda 240dan ortiq fuqaro (isyonchilardan safida halok bo‘lganlardan tashqari) hayotdan ko‘z yumdi, 2 mingdan ortiq kishi jarohatlandi.
Turkiya hukumati isyonda muxolifat vakili Fathulloh Gulenni aybladi. Gulenning o‘zi bu jinoyatga aloqador emasligini ta’kidlab keladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...