22:36 / 08.07.2017
6 833

Putin haqiqiy Tramp bilan uchrashuvidan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

Putin haqiqiy Tramp bilan uchrashuvidan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan o‘zaro shaxsiy munosabatlari yo‘lga qo‘yilganiga ishonchi komil ekanligini aytib, «televizordagi Tramp» haqiqiysidan mutlaqo farqlanishini ta’kidlagan. Kun nashrining xabar berishicha, prezident bu haqda 8 iyul kuni Germaniyaning Hamburg shahrida o‘tgan G20 sammiti yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tgan.

«O‘zaro shaxsiy munosabatlarimiz haqida gapiradigan bo‘lsam, menimcha, u o‘rtamizda o‘rnatilib bo‘lindi. Bilmadim, bu qanday yangraydi, lekin qanday ko‘ringan bo‘lsa, shunday bayon qilaman: Trampning televizordagisi haqiqiysidan juda keskin farqlanar ekan», — deya Putinning so‘zlarini keltirmoqda TASS.

Putinning qo‘shimcha qilishicha, AQSh prezidenti «hamsuhbatini mutlaqo, mutlaqo adekvat qabul qiladi, qo‘yilgan savollarni yoki muloqot davomida paydo bo‘ladigan qandaydir yangi elementlarni etarli darajada tez tahlil qilib, ularga javob qaytaradi».

«Menimcha, munosabatlarimizni kecha bo‘lib o‘tgan suhbatimiz borgani kabi qura olsak, biz istagan o‘zaro hamkorlik darajasini qisman bo‘lsa-da tiklay olamiz, deb hisoblashimiz uchun barcha asoslar etarli», — degan Putin.

Putin va Trampning o‘zaro uchrashuvi G20 maydonlarida bo‘lib o‘tdi va ikki soatdan uzoqroq vaqtga cho‘zilgan. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u Tramp bilan kiberxavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, Suriya va Ukraina masalalarini muhokama qilgan.

O‘z navbatida, Donald Tramp ham Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvini ajoyib, deya ta’riflagandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin haqiqiy Tramp bilan uchrashuvidan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi