14:02 / 11.07.2017
7 884

Germaniyalik o‘smir ota-onasining 20 ming evro pulini o‘tkinchilarga tarqatdi

Germaniyalik o‘smir ota-onasining 20 ming evro pulini o‘tkinchilarga tarqatdi
Germaniyaning Bad Tyols shahrida yashovchi o‘smir uydan 20 ming evro olib chiqib, pulni ko‘chadan o‘tgan yo‘lovchilarga, ularning kayfiyatini ko‘tarish maqsadida tarqatdi, deb xabar qildi Darakchi.uz nashri.

Bola yo‘lovchilarning har biriga 100 evrodan 2400 evrogacha pul tarqatdi. Kutilmagan sovg‘aga ega bo‘lgan ba’zi bir yo‘lovchilar ongli ravishda bola bergan pulni polisiyaga qaytarishdi. Polisiya umumiy hisobda 4500 evroni yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. 6 ming evroni topishning iloji bo‘lmadi.

Polisiyachilar cho‘ntagi pulga to‘la, hamon pul tarqatish bilan ovora bo‘lgan bolani ko‘chada qo‘lga olishdi. Polisiyachilar bilan bo‘lgan suhbatda bola pulni uydan olganligini tan oldi. Farzandlari shuncha pulni tarqatib yuborganini, bor-budidan ayrilganini xotirjam qabul qilgan er-xotinning o‘zini tutishidan polisiyachilar hayratga tushdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyalik o‘smir ota-onasining 20 ming evro pulini o‘tkinchilarga tarqatdi