14:57 / 13.07.2017
15 467

Qirg‘izistonlik 19 yashar bokira qizni qanday suyuqoyoqlikka o‘rgatishgani haqida…

Qirg‘izistonlik 19 yashar bokira qizni qanday suyuqoyoqlikka o‘rgatishgani haqida…
Qirg‘izistonlik Oyjarkin ismli 19 yashar qiz Dubayda ishlab katta pul topishni azaldan orzulardi. Nihoyat orzusiga etdi. Bir tanishi (keyin ma’lum bo‘ldiki, o‘sha tanishi Dubayda qo‘shmachilik qilarkan) uni qiziqtirdi. Dubayda arzimagan ishni jonni qiynamasdan ado etsang, ikki-uch oyda ikki yuz ming dollar pul ishlab toparkansan. Oyjarkin shoshib qoldi.

Axir, bu pulga vatanida hashamatli uy, «JIP» sotib olsa bo‘ladi. Darrov rozi bo‘ldi. Afsuski, Dubayga uchib kelishi bilan ayol Oyjarkinning pasporti, telefonini tortib oldi. Keyin… Uqalash salonida erkak mijozlarga xizmat ko‘rsatishi lozimligini tayinladi. Yosh, erkak ko‘rmagan qiz bunday ishlarni qayerdan bilsin.

Biroq qo‘shmachi tez orada agar pul kerak bo‘lsa o‘rganib olishini aytdi.
— Bizning mijozlar seni ko‘p qiynamaydi, — dedi qo‘shmachi. — Aytgan ishlarini do‘ndirishing uchun ko‘pi bilan yarim soat vaqting ketadi…
— U dastlab menga turli sovg‘alar berdi, — deydi Oyjarkin. — Ahmoq bo‘lib qo‘shmachining gapiga laqqa tushibman. Oqibatda suyuqoyoqqa aylandim. Endi qishlog‘imga, vatanimga qay yuz bilan boraman?..

Xayriyatki, tasodif unga yordam beribdi. Mo‘’jiza tufayli Dubaydan qochishga muyassar bo‘libdi. Ammo qaytganiga 2 oy bo‘libdi hamki, depressiya holatidan chiqolgan emas. Uydagilari, aka-uka, tog‘alari hali uning qizlik nomusidan ayrilganini, suyuqoyoqqa aylanganini bilishmaydi. Bilishsa, qanday ahvolga tushisharkin? Bunisini endi yolg‘iz Ollohning o‘zi biladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonlik 19 yashar bokira qizni qanday suyuqoyoqlikka o‘rgatishgani haqida…