
Iroq bosh vaziri Mosul shahri DAISh jangarilaridan ozod qilingani haqida ma’lum qilgandan keyin, Iroq armiyasi jangchilari shaharda qolgan jangarilarni ko‘chalariga sudrab chiqdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Nashrning xabar berishicha, shaharni jihodchilardan ozod qilish uchun bir yildan ortiq vaqt ketgan. Mosulning Eski shahar qismi uzoq vaqt jangarilar nazoratida bo‘ldi. Mosul shahri DAISh jangarilaridan ozod etilgani haqida e’lon qilinganiga qaramay, harbiylar hamon yashiringan so‘nggi jangarilarni topish va yo‘q qilish ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Hukumat qo‘shinlari DAIShga aloqadorlikda gumonlangan shaxslarni so‘roq qilmoqda. Harbiylarning ma’lumot berishicha, DAISh qayta tuzilmasligi uchun eng so‘nggi jangariga qadar yo‘q qilinishi lozim. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar