09:14 / 14.07.2017
5 299

CNN boshlovchisi AQSh madhiyasini Fransiyaniki bilan adashtirib yubordi

CNN boshlovchisi AQSh madhiyasini Fransiyaniki bilan adashtirib yubordi
Amerikaning CNN telekanali boshlovchisi Poppi Xarlou AQSh madhiyasini Fransiyaniki bilan adashtirib yubordi, deb xabar bermoqda Kun.uz. Jonli efirda AQSh prezidenti Donald Tramp va uning fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makronning Parijdagi uchrashuvini sharhlar ekan, jurnalist ayol teletomoshabinlarga Fransiya madhiyasini tinglashni taklif qilgan. Biroq, bu paytda AQSh madhiyasi yangrayotgan bo‘lgan.

- Keling Fransiya madhiyasini biroz eshitamiz, - dedi Xarlou va jim bo‘lib qoldi, bir necha soniya o‘tib esa o‘z xatosini to‘g‘irlashga shoshildi. – AQSh madhiyasi, Amerika milliy madhiyasi, demoqchi edim. Keling tinglaymiz.

Hodisadan darg‘azab bo‘lgan Fox News telekanali boshlovchilarining ta’kidlashicha, Xarlou kadr ortida kimdir unga xatosini shivirlab aytganidan so‘ng buni payqagan. Shuningdek, ular CNN’ni "feyk yangiliklar"ni tarqatishda ayblashdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » CNN boshlovchisi AQSh madhiyasini Fransiyaniki bilan adashtirib yubordi