14:47 / 18.07.2017
4 795

Oq uy Rossiyaning AQShdagi mulkiga doir muammoni izohlamadi

Oq uy Rossiyaning AQShdagi mulkiga doir muammoni izohlamadi
Oq uy rasmiy vakili Shon Spayser Rossiyaning AQShdagi diplomatik mulkiga doir muammoni izohlashdan bosh tortdi. Uning aytishicha, bu masala bilan Amerika davlat kotibi Reks Tillerson shug‘ullanmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.

"Men sizni (bu savol bilan) davlat departamentiga yo‘naltirgan bo‘lar edim. Bizning mamlakatda bu masala bilan davlat kotibi shug‘ullanmoqda", — degan Spayser brifingda.

U AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Hamburgda uchrashganida bu mavzuni muhokama qildimi, degan savolga "bilmasligini" aytib javob qaytargan. "Ular buni muhokama qilishganiga ishonchim komil emas", — deb qo‘shimcha qilgan Spayser.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oq uy Rossiyaning AQShdagi mulkiga doir muammoni izohlamadi