22:24 / 22.07.2017
12 335

Indoneziyada ulkan timsoh erkakning murdasini emasdan qarindoshlar iltimosiga ko‘ra sohilga etkazdi… (VIDEO)

Indoneziyada ulkan timsoh erkakning murdasini emasdan qarindoshlar iltimosiga ko‘ra sohilga etkazdi… (VIDEO)
Indoneziyadagi Berov qishlog‘idan oqib o‘tgan Lempak daryosida ulkan va yovuz timsohlar umrguzaronlik qiladi. Qirq yoshli erkak taqiqlovlarga qaramay, daryoda cho‘milishni ixtiyor etdi. Afsuski, kutilganidek unga timsoh hujum qildi. Erkakni daryo o‘rtasiga tortib ketib, o‘ta jiddiy jarohatlar etkazdi. Bir so‘z bilan aytganda, g‘ajib tashladi. Oqibatda Syarifuddin ismli bu erkak halok bo‘ldi.

Qarindoshlar, do‘stlar esa ortga chekinmoqchi emasdilar. Ular ilgari ham shamanlar maxsus seans yordamida timsohlarni o‘ziga bo‘ysundirganliklari haqida ko‘p eshitishgandi. Aytishgandiki, shaman daryoga tushib ulkan timsohlar o‘rtasida turgancha seansni davom ettirarkan. Timsohlar shamanga tegmas ekan. Marhumning yaqinlari xuddi shunday shamanlardan biriga murojaat etishdi. Shaman daryo bo‘yiga kelib o‘z afsunlarini o‘qidi, timsohlarga qaratilgan seansini o‘tkazdi.

Keyin marhumning yaqinlariga xudodan astoydil tilashni maslahat berdi. Qarindoshlar shaman aytganidek, xudoga nola qilib, timsohga insof ato etishini so‘rashdi. Qarang, timsoh Syarifuddinning murdasini emagan ekan. Oradan qisqa vaqt o‘tgach, murdani ehtiyotkorlik bilan tishlagan ko‘yi sohilga keltirdi-yu, o‘zi qaytadan daryo o‘rtasiga suza ketdi.



Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyada ulkan timsoh erkakning murdasini emasdan qarindoshlar iltimosiga ko‘ra sohilga etkazdi… (VIDEO)