08:48 / 02.08.2017
7 852

Vladimir Putinga dunyoning eng boy odami maqomi berildi

Vladimir Putinga dunyoning eng boy odami maqomi berildi
Jeff Bezos o‘ziga tegishli Amazon aksiyalari oshgani sababli bir kunga Bill Geytsni chetga surib, dunyoning eng boy odamiga aylangan paytda Hermitage Capital Management ijrochi direktori Uilyam Brauder bu maqomni boshqa odamga – Rossiya prezidenti Vladimir Putinga berdi.

MarketWatchning xabar qilishicha, Brauder bu haqda AQSh senatining Rossiyaning AQShdagi prezidentlik saylovlariga aralashuvini tergov qilayotgan yuridik qo‘mitasi oldidagi nutqida aytib o‘tdi.

“Fikrimcha, Vladimir Putin 200 mlrd dollar turadi”, deb aytdi u.

Brauder jamg‘armasi bir vaqtlar Rossiyadagi eng yirik investorlardan biri bo‘lgan, u Gazprom, Surgutneftegaz va bir qator boshqa kompaniyalar aksiyalariga ega bo‘lgan.

2005 yilda Brauderga Rossiyaga kirish yopilgan. Moliyachining aytishicha, “Yukos” kompaniyasi egasi Mixail Xodorkovskiy 2003 yilda hibsga olingandan keyin Putin rossiyalik oligarxlarni to‘plab, ular oladigan daromadni shaxsan o‘zi bilan bo‘lishishni taklif qilgan. Brauder Putinning 200 mlrd dollarlik boyligini 2015 yil fevralda baholagan, biroq u o‘shanda ham, keyinroq ham, buning isbotini keltirmagan.

2007 yilda rossiyalik siyosatchi Stanislav Belkovskiy Putinning boyligini 40 mlrd dollarga baholagan.

Rasmiy deklorasiyaga ko‘ra, Rossiya prezidentining o‘tgan yilgi daromadi butun yil davomida 8,86 mln rublni tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vladimir Putinga dunyoning eng boy odami maqomi berildi