Turkmaniston prezidenti generallarga o‘q otish va pichoq irg‘itish mashqlarini namoyish etdi

Turkmaniston prezidenti generallarga o‘q otish va pichoq irg‘itish mashqlarini namoyish etdi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov mamlakat qurolli kuchlarining generallariga o‘q otish va pichoq irg‘itish mashqlarini shaxsan o‘zi namoyish etdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Ashxobod yaqinidagi bo‘lib o‘tgan harbiy mashqlarda Prezidentning mazkur harakatni amalga oshirgani aks etgan video “Turkmaniston xronikasi” nashriga joylashtirildi.

Videoda Berdimuhammedovning poligonga jipda kelgani, keyin avtomat va to‘pponchadan o‘q otgani, pichoq irg‘itgani aks etgan. Mazkur voqeani tomosha qilgan yuqori mansabli zobitlar prezidentni chapak chalib olqishlagan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar