Janubiy Koreya rasmiylari shu hafta mintaqaviy uchrashuv davomida shimolliklar bilan muzokaralarni o‘tkazishi mumkinligini bildirdi. Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Kang Kung Va, imkon tug‘ildi, deguncha Pxenyandagi hamkasbi bilan suhbatlashib olishini ta’kidlagan, deb yozadi Kun.uz nashri.
BMT Xavfsizlik Kengashi ham shanba kuni Shimoliy Koreyaga nisbatan yangilangan sanksiyalarni e’lon qilishi kutilmoqda. Bu shimoldagilarning yangi qurollarni sinab ko‘rishiga javob, deya ta’riflanmoqda. Shu hafta Manila shahrida o‘tkaziladigan Janubi-sharqiy Osiyo davlatlarining (ASEAN) navbatdagi yig‘ilishida AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson ham ishtirok etishi rejalashtirilgan, asosiy masala Shimoliy Koreyaning yangi qurollarni sinovdan o‘tkazishi bo‘ladi.
Ayni paytda Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh vakillari tomonidan yangi BMT sanksiyalarining loyihasi ishlab chiqilgan. Eslatib o‘tamiz, rasmiy Pxenyan iyul oyining o‘zida ikki marotaba qit’alararo ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»