
Avstriyadagi Alp tog‘larining eng baland cho‘qqisi bo‘lmish Grosglokner tog‘ida o‘zini yomon his eta boshlagan alpinistni qutqarishga kelgan vertolyot halokatga uchradi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.
Bo‘lib o‘tgan hodisani boshqa cho‘qqida turgan alpinist suratga olishga ulgurgan. Kadrlardan qutqarilayotgan odam vertolyotga o‘tirishi bilanoq uchuvchi vertolyotni boshqara olmay qolganini ko‘rish mumkin.
Shuningdek, kadrda vertolyotning aylanib ketgani va parraklari bilan qutqaruv xizmati xodimiga tegar-tegmas, qoyaga borib urilganini ko‘rish mumkin.
Favqulodda hodisa yuz berganiga qaramay, vertolyot bortidagilar jabrlanmagan. Faqatgina tibbiy xodim kichik jarohat olganligi aniqlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar