
Italiya shimolida yuz bergan momaqaldiroq va kuchli shamol vaqtida kamida 4 kishi halok bo‘ldi. Yana 2 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Qurbonlardan biri belgiyalik bo‘lib, u Friuli-Venesiya-Juliya viloyatida halok bo‘lgan. U hamrohlari bilan bo‘lgan chodir ustiga daraxt ag‘darilib tushgan.
Veneto viloyatida ham daraxt bir kishining ustiga ag‘anagan. Jabrlanuvchi shifoxonaga etkazilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Uchinchi qurbon – 47 yoshli erkak Trentino-Alto-Adije viloyatida chaqmoq urishdan halok bo‘lgan. 4-qurbon rimlik 24 yoshli qiz bo‘lib, uni Lombardiya viloyatida suv oqimi so‘qmoqdan yuvib yuborgan va u bir necha metr balandlikdan qulab, halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, mutaxassislar Udine viloyatida 66 yoshli erkakni qidirishmoqda. Yana bir erkak Garda ko‘lida qidirilmoqda: u yollagan qayiq yomon ob-havo sharoitida to‘ntarilib ketgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar