BMT Xavfsizlik Kengashida KXDRga qarshi yanada jiddiyroq sanksiyalar qo‘llash haqidagi rezolyusiya bir ovozdan qabul qilindi. Bu haqda Associated Press agentlgi xabariga iqtibos keltirgan holda Sof.uz ma’lum qilmoqda.
Yangi sanksiyalar Shimoliy Koreyadan og‘ir sanoat va dengiz mahsulotlarini eksport qilishni cheklashni nazarda tutadi. Qabul qilingan choralar mamlakatning 3 milliard dolarga teng yillik eksport hajmini 1 milliard dollarga qisqartirishi mumkin.
Bu Shimoliy Koreyaga shu paytga qadar qo‘llanilgan sanksiyalarning eng kattasi va eng ko‘p zarar keltiradigani bo‘ldi. BMT tomonidan bu kabi qattiq sanksiyalar anchadan beri bir mamlakatga qarshi qo‘llanilmagan edi.
Xavsizlik Kengashi hozirga qadar Shimoliy Koreyaga qarshi 6 marta iqtisodiy cheklovlar joriy qilgan edi. O‘rnatilgan sanksiyalar KXDR hukumatini ballistik raketalar va yadroviy qurolga ega bo‘lishga urinishdan qaytara olmagan.
Yangi sanksiyalar Shimoliy Koreya tomonidan 3 va 27 iyul kunlari amalga oshirilgan qita’alararo ballistik raketa sinovlari uchun jazo tariqasida qabul qilingan. Sanksiyalar paketi dunyoning barcha mamlakatlariga Shimoliy Koreyadan ko‘mir, temir va dengiz mahsulotlarini xarid qilishni taqiqlaydi.
Shimoliy Koreya iqtisodiyotida ko‘mir eksporti muhim o‘rin egallaydi. O‘tgan yili mamlakat ko‘mir sotishdan 1,2 milliard dollar foyda ko‘rgan. Noyabr oyida Xavfsizlik Kengashi ko‘mir ekpsortini 400 milliard dollargacha cheklashga qaror qilgan edi. Endi esa Shimoliy Koreyadan ko‘mir, temir va temir rudasi, qo‘rg‘oshin va qo‘rg‘oshin rudasi, dengiz mahsulotlari va baliq sotib olish butunlay taqiqlanadi.
Yangi rezolyusiya shimoliy koreyalik mehnat muhojirlari sonin ham cheklaydi. Shuningdek, shimollik kompaniyalar bilan qo‘shma korxonalar tashkil etish hamda mavjud qo‘shma korxonalarni moliyalashtirish taqiqlanadi. Bundan tashqari, Shimoliy Koreya hukumati, kompaniya va banklar vakillaridan 9 nafarining AQShga kirishi ma’n qilinib, ularning mablag‘lari muzlatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi