
Chechenistonning Shelkovskiy tumanidagi Chervlennaya qishlog‘i tashqarisida Ra 0508A yengil motorli samolyoti uchib ketmoqchi bo‘lganida, yo‘l chetida to‘xtab turgan «IJ-2717-230» avtomobiliga to‘qnashib ketdi, deb yozadi «Daryo» nashri.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi «Ishcherskaya—Kizlyar» trassasida yuz bergan. Voqea natijasida uchuvchi jabrlangan, u kasalxonaga etkazilgan.
Samolyot va avtomobilga texnik shikastlanishlar etgan.
Ayni paytda hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar