
Tailandning ekologik markazida yashovchi bu yashil toshbaqa dunyoda yo‘qolib borayotgan noyob dengiz toshbaqasi turiga kiradi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Odamlar so‘nggi paytlarda toshbaqaning zo‘rg‘a harakatlanayotganiga, suzayotganligiga e’tibor qaratishdi. Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi yillar mobaynida toshbaqa sayyohlar suvga tashlagan tangalarni yutish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Toshbaqaning hayotini saqlab qolishga harakat qilgan veterinarlar etti soatlik operasiya o‘tkazib, uning oshqozonidan 915 ta tanga va boshqa predmetlarni chiqarib olishdi.
Bu voqeadan keyin toshbaqaga “aqchadon” (“kopilka”) degan laqab qo‘yildi. Aksariyat sayyohlar an’anaga ko‘ra, turli orzu-niyatlar bilan suvga tanga tashlashadi. Ming afsuski, mazkur an’ana toshbaqaning umrini qisqartirdi, agar u dengizda yashaganda, yana yuz yil umr ko‘rishi mumkin edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar