22:06 / 09.08.2017
8 407

Eng ulkan dinozavr suyaklari topildi

Eng ulkan dinozavr suyaklari topildi
Olimlar Er yuzida yashagan, shu paytgacha fanga ma’lum bo‘lgan dinozavrning eng kattasini topishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Argentinaning paleontologiya Muzeyi tadqiqotchisi Egidio Feruglio fanga ma’lum bo‘lgan dinozavrning eng kattasini topdi. Patagotitan mayorum, deb ataluvchi ulkan sudraluvchining uzunligi 35 metrni, balandligi 6 metrni tashkil qilib, uning og‘irligi 61 tonna bo‘lgan. Dinozavrning hajmi uchta avtobusga tengdir.

Patagotitan mayorum dinozavrining toshga aylangan umurtqa va qovurg‘a suyaklari Argentinaning Patagoniya kareridan 2013 yilda topilganiga qaramay, u endi identifikasiya qilindi.

Tadqiqotchilar mazkur suyaklar yosh dinozavrga tegishli bo‘lgan, yoshi katta dinozavrlar bundan ham katta bo‘lganligini taxmin qilishmoqda. Patagotitan mayorum’lar ulkan dinozavrlar guruhiga mansub bo‘lib, ular eramizdan 100 million yil ilgari yashagan. Dinozavrlarning tanasi katta bo‘lganiga qaramay, ular faqat o‘simliklar bilan oziqlanishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eng ulkan dinozavr suyaklari topildi