08:01 / 11.08.2017
6 264

Bakuda g‘alati holat: yosh bolaning qon guruhini so‘rovchilar paydo bo‘ldi

Bakuda g‘alati holat: yosh bolaning qon guruhini so‘rovchilar paydo bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda ozarbayjonliklar tomonidan judayam g‘alati bir holat muhokama qilinmoqda. Bakuning turli hududlarida notanish ayollar tomonidan yosh bolalarning qon guruhi bilan qizishi holatlari ko‘paygani haqida xabar qilinmoqda.

Keksa ayollar deya tariflanayotgan qon guruhini so‘rovchilar, bolali ayollar va buvilar oldiga kelib g‘alati savol bermoqdalar. Ular bola boshini qachon o‘zi tuta boshlagani, qachon yura boshlagani, bola nima eyishi va eng qo‘rqinchlisi, bolaning qon guruhi bilan qiziqishmoqda.

Dastlab unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan savoldek tuyulgan, biroq bu haqda yuzlab onalar gapira boshlaganidan so‘ng xavotirli vaziyat yuzaga kelishi oqibatida odamlar orasida qo‘rquv paydo bo‘lgan.

Kimdir bolalarning tana a’zolari uchun yoki pedofillar tomonidan qiziqish bo‘layotgani haqida gapirmoqda.

Bu jinoiy to‘dami yoki sekta? Ochiqdan ochiq ko‘rinish berayotgan g‘alati ayollarning harakatidan jinoiy to‘da ekanligiga shubha qilinmoqda. Eng xatarli gumon - bola ichki organlarini qora bozorda sotuvchilar bo‘lsachi, degan fikrlar ham yo‘q emas.

Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi aholidan bola o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushmaganini, ammo surishtiruv ishlari boshlanganini ma’lum qilgan. Vazirlik qanday holat bo‘lishidan qat’iy nazar, farzandlarni asrash va ogohlikni yo‘qotmaslikka chaqirmoqda.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bakuda g‘alati holat: yosh bolaning qon guruhini so‘rovchilar paydo bo‘ldi