22:31 / 11.08.2017
9 428

Hindistonlik 42 yoshli erkak ovqat o‘rniga elektr toki bilan oziqlanarkan…

Hindistonlik 42 yoshli erkak ovqat o‘rniga elektr toki bilan oziqlanarkan…
U Naresh Kumar. Hindistonning Uttar Pradesh shtatiga qarashli Muzaffarnagar shahrida istiqomat qiladi. O‘zining tan olib aytishicha, ovqat o‘rniga elektr toki bilan oziqlanadi.
— Bizning taraflarda hozir oziq-ovqat anqoning urug‘iday gap, — deydi Naresh Kumar. — Shuning uchun och qolgan paytlarimda elektr toki o‘tgan ochiq simni og‘zimga solaman-u, yarim soat o‘tiraman. Qornim to‘yadi-qoladi…

Naresh Kumar bundan ancha yil oldin o‘zi bilmagan holda ustki qismi ochiq elektr simini ushlab olgan. Boshqa odam bo‘lsa, til tortmay o‘lardi. Ammo Nareshga jin urmadi. Azbaroyi hayrati ortib o‘sha simni yana qayta-qayta ushlab ko‘rdi. Uni tok urmadi. Vaholanki, bu simdan o‘tgan tok 380 voltli kuchga ega edi. O‘sha kundan e’tiboran u uyidagi elektr simlarini ochib o‘zini sinab ko‘radigan bo‘ldi. Mana, oradan ko‘p yillar o‘tgan bo‘lsa-da, Nareshni elektr toki kuydirmaydi, o‘ldirmaydi.

— Uyimizda elektr o‘tkazgichlar, rozetkalar va chiroqni yoqish uchun zarur moslamalar usti ochiq holda qoladi, — deydi Nareshning rafiqasi. — Biz tokning yaqiniga ham yo‘lamaymiz. Erimning o‘zi kerak bo‘lganda chiroqlarni yoqadi, o‘chiradi. Bu ishni usti ochiq simlarni mahkam siqimlash orqali amalga oshiradi. Aytgancha, hozir erim butun Hindistonda mashhur bo‘lib ketgan. Uni mamlakatda «Hindistonning tirik chirog‘i» deb atasharkan.

— Men boshqalarga bu usulni tekshirib ko‘rishni maslahat bermayman, — dedi Naresh. — Tok bilan hazillashib bo‘lmaydi. Menga kelsak, organizmimning 80 foizi elektr tokidan tashkil topgan. Tok mening ovqatim, suvim va hayotimga aylangan.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik 42 yoshli erkak ovqat o‘rniga elektr toki bilan oziqlanarkan…