
Afg‘onistondagi Forob viloyati polisiya xodimlari Davlatobod tumanida minomyot portlashi oqibatida 16 nafar tinch aholi vakillari qurbon bo‘lib, ular qatorida 10 kishi voyaga etmagan bola bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda «Pajhwok» nashriga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, huquq-tartibot xodimlari hududga kirish va chiqish yo‘llarida nazorat post punktlarini o‘rnatishni rejalashtirgan edi. "Tolibon" guruhi jangarilari bu harakatlarga qarshilik qilib, oqibatda ikki tomon o‘rtasida qurolli to‘qnashuv kelib chiqdi. Fuqarolar o‘limiga sabab bo‘lgan snaryadni kim otgani noma’lum. Shuningdek, to‘qnashuv chog‘ida uch nafar ayol va bolalar og‘ir tan jarohati bilan shifoxona etkazilgan.
Bundan avval, Saripul hududida bo‘lib o‘tgan otishmalar paytida 50 nafar tinch aholi vakillari vafot etgani ma’lum qilingan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar