Moskvada O‘zbekiston fuqarosini otib ketishdi

Moskvada O‘zbekiston fuqarosini otib ketishdi
36 yoshli O‘zbekiston fuqarosi va noma’lum shaxslar o‘rtasida janjal kelib chiqqan, deb Sof.uz xabar bermoqda Moskvaning Cheryomushki tumani boshqaruvi bergan ma’lumotga asoslanib.

«Janjal vaqtida u yonidan jarohat yetkazuvchi to‘pponcha chiqargan, ammo u bilan janjallashayotganlar to‘pponchasini tortib olishgan. Uning ko‘kragiga o‘q uzishgan hamda boshiga bir necha marta urishgan. Shundan so‘ng qochib ketishgan», — deyiladi xabarda.

Jarohatlangan o‘zbekistonlik Moskvadagi Sklifosovskiy nomidagi tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga olib kelingan. Politsiya holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi hamda jinoyatchilarni qidirmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar