
Britaniya maxsus xizmatlarining sobiq xodimi va Diananing sobiq tansoqchisi Alan Makgregor malika o‘ldirilgani, bunga tayyorgarlik uchun esa 6 oy vaqt ketganligi haqidagi xulosaga keldi. Bu haqida Daryo.uz xabar berdi.
Makgregorga ko‘ra, Diana halokatidan avval to‘xtagan Parijdagi «Ris» mehmonxonasida xavfsizlik choralariga e’tiborsizlik bilan yondashilgan. Jumladan, fojia yuz bergan tunda qavat navbatchilari malikani olib ketadigan mashinani istalgan kishi kirishi mumkin bo‘lgan mehmonxonaning orqa kirish tomonida nazoratsiz qoldirgan.
Mashinaning o‘zi qo‘riqlanadigan erosti turargohidan emas, jamoatchilik avtoturargohidan olib kelinadi. Shuningdek, Diana va Dodi al-Fayedning haydovchisi etib tayinlangan Anri Polning malakasi etarli darajada bo‘lmagan.
Sobiq tansoqchi Uels malikasi tasodif tufayli halok bo‘lganini istisno etmadi, biroq uning o‘limi oldindan rejalashtirilgani ehtimolini yuqori baholadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar