17:31 / 15.08.2017
7 241

Tolibon harakati Donald Trampga xat yubordi

Tolibon harakati Donald Trampga xat yubordi
Afg‘onistondagi Tolibon terrorchilik harakati a’zolari AQSh prezidenti Donald Trampga Afg‘oniston hududidan o‘z harbiy kuchlarini olib ketish talabi keltirib o‘tilgan maktub yubordi. Bu haqda Qalampir.uz xabar bermoqda.

Ushbu ochiq xat bilan bog‘liq voqealar AQSh hukumatining Afg‘oniston ustida jiddiy bosh qotirayotgan bir paytda sodir bo‘ldi.

Xatda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi xorijiy mamlakatlarga bog‘liq emasligi, xalqaro harbiy kuchlarni mamlakatda bo‘lishi muammoni chigallashishiga sabab bo‘layotgani ta’kidlangan.

AQSh tomonidan harbiy operasiyalarning olib borilishi yaqin orada inqirozni keltirib chiqarishi ehtimoli borligini aytishgan. Afg‘oniston xavfsizlik, hukumat va iqtisodiyot bo‘yicha tang ahvolda qolmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh tomoni afg‘on zaminida 16 yildan buyon harbiy harakatlarni olib bormoqda. Uzoq vaqtga cho‘zilgan urush AQShning asl maqsadini namoyon qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tolibon harakati Donald Trampga xat yubordi