Portugaliyaga tegishli bo‘lgan Madeyra orolida ulkan daraxt qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 nafarni tashkil qilmoqda. “Jornal de Noticias” nashrining xabar berishicha, 50 kishi turli darajadagi tan-jarohati olgan.
Madeyra oroli Portugaliyaning qit’adagi hududidan ming kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, ushbu baxtsiz hodisa muxtor hudud markazi bo‘lgan Funshap shahrida yuz bergan. Shahar ma’muriyatining ma’lumotiga ko‘ra, aholi shahar markazida diniy bayramni nishonlash uchun to‘plangan.
Ulkan daraxt shamlar savdosi tashkil etilgan hududda qulagan, halok bo‘lganlar orasida yosh bolalar ham borligi ma’lum bo‘ldi.
Jabrlanganlarning ko‘pchiligi bosh miya jarohatini olgan. Ular orasida Fransiya, Germaniya va Vengriya mamlakatlari fuqarolari bor.
Mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilinishi kutilmoqda.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari ulkan daraxt 200 yoshli eman daraxti ekanligini ma’lum qilmoqda. Aholi hukumatni eski daraxtlarning qulash ehtimoli mavjudligi haqida ogohlantirgan. Biroq mansabdorlarning befarq munosabati oqibatida o‘nlab kishilar vafot etdi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...