AQSh prezidenti kuni kecha Afg‘oniston va boshqa masalalar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp muhim qarorlar, jumladan, Afg‘oniston bo‘yicha ham qaror qabul qildim, deya xabar berdi. Eslatib o‘tamiz, AQSh so‘nggi vaqtlarda Afg‘onistonda keyingi strategiyasini aniqlashtirib olishga harakat qilib kelmoqda.
"Kemp-Devidda iste’dodli generallarimiz va harbiy etakchilarimiz bilan muhim kunni o‘tkazdim. Ko‘plab qarorlar qabul qildik, shu jumladan, Afg‘oniston bo‘yicha ham", — deb yozgan Tramp Twitterda. Shu bilan birga, AQSh prezidenti qanday qarorlar qabul qilingani haqida aytib o‘tmagan, deb xabar qiladi RIA Novosti.
Amerika Afg‘onistonda bir necha ming kishidan iborat kontingentni qo‘llab-quvvatlab keladi. Ilgariroq AQSh harbiy rolini oshirish, Afg‘onistondan qo‘shinlarni to‘liq olib chiqib ketish yoxud harbiy masalalarni xususiy kompaniyalarga o‘tkazish singari variantlar ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Manba: sputniknews-uz.com
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar